Ko‘hna va navqiron Buxoroi sharifning ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti 29 yoshga to‘ldi. Albatta, bu oliygohning tamal toshini qo‘ygan, uning ertasini o‘ylab jon kuydirgan, nomini jahonga mashhur qilishga intilgan qanchadan-qancha insonlar xizmati bugun hurmat va ehtirom bilan yodga olinadi. Ularning faoliyatini o‘rganmoq va yoshlarga o‘rgatmoq esa biz uchun ham qarz, ham farzdir. Abu Ali ibn Sino tug‘ilib o‘sgan yurt - Ko‘hna va navqiron Buxoro-i Sharifning ma’naviy-ma’rifiy hayotida o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelayotgan Buxoro davlat tibbiyot instituti 1990- yil 6- sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 307- sonli qarori bilan tashkil etilgan. Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi Prezidnumi qaroriga muvofiq, 1991 yilning mart oyida mazkur institutga tabobat osmonining porloq yulduzi, tibbiyot donishmandi, afshonalik bobokalonimiz-buyuk vatandoshimiz Abu Ali ibn Sinoning tabarruk va muborak nomi berilgan.
A.Sh. Inoyatov 2001 yilda Buxoro davlat tibbiyot institutini muvaffaqiyatli tamomlab, mehnat faoliyatini institutning ilmiy-tekshirish laboratoriyasidan boshladi. 2002 yilda “Bolalar yuz-jag’ jarrohigi” mutaxassisligi bo’yicha aspiranturaga qabul qilindi. 2006 yilda aspiranturani tamomlab, Buxoro davlat tibbiyot institutining “Xirurgik stomatologiya” kafedrasi assistenti lavozimida ish boshladi. 2008 yilda mazkur kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan bo’lsa, 2009-2010 yillarda esa Stomatologiya fakulteti dekani vazifasini bajaruvchisi lavozimlarida faoliyat ko’rsatdi. 2010-2012 yillarda “Xirurgik stomatologiya” kafedrasi mudiri lavozimi bilan birga Amrillo Inoyatov Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik lisey va KXKlari bilan ishlash bo’limi mudiri lavozimlarida ishladi. 2012-2014 yillarda esa institutning Stomatologiya fakulteti dekani lavozimida ishladi.
Hurmatli talabalar! Oliy ta'lim muassasalarida olib borilayotgan masofaviy ta'lim olish sifati yuzasidan o'z fikringizni bildiring.
Sizning fikringiz biz uchun juda ham muhim!
Sizning to‘g‘ri va samimiy javoblaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!
©2018г Бухарский государственный медицинский институт имени Абу али ибн Сина. Все права защищены.Все материалы на этом веб-сайте защищены авторским правом и другими правами в том числе законодательством Республики Узбекистан. В случае пользовании сайтом Бухарского государственного медицинского института внести приложение в сайт считается обязательным .